05 okt 17:15
Yangiliklar
Fabio Kannavaro: "Terma jamoada sog'lom raqobat bo'lishi kerak"
- Ertangi o'yinga tayyorgarlik haqida…
- Hammaga salom. Koreyaga kelish har doim bizga yoqimli bo'lgan. Ertaga, qiyin o'yin kutib turibdi. Jahon chempionatidan keyin jamoamizda ozgina o'zgarishlar bo'ldi. Ertaga eng zo'r o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.
Bilamiz, Koreya juda kuchli terma jamoa va bu erda unga qarshi o'ynash doim qiyin kechadi. Lekin biz 100 foiz kuchimizni berib, chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Ortda qolgan Jahon chempionatida afsuski, barcha o'yinlarda mag'lub bo'lib, musobaqani yakunlagansiz. Ammo bu safargi o'yinlarda Osiyoning kuchli jamoalari Eron va Suriyaga qarshi ketma-ket ikki g'alabaga erishdingiz. Aytganingizdek, tarkibda ham ko'p o'zgarishlar bo'ldi. Bu o'yinlarda yaxshi natija ko'rsatib, kayfiyatni ko'tarish uchun ularga asosan nimalar dedingiz va o'yinchilarga qanday motivaciya berdingiz?
- Jahon chempionati biz uchun juda yaxshi tajriba bo'ldi. Bu biz uchun birinchi marta edi. Jahon chempionati kabi yirik turnirda ishtirok etish va o'yinchilarning ruhiy holati hozir butunlay boshqacha. Motivaciya haqida gapiradigan bo'lsak, mundialdan keyin o'yinchilarimizga bu darajani saqlab qolish kerakligini uqtirdim.
Terma jamoamiz yildan yilga rivojlanishga harakat qilmoqda. Har yili o'z ustimizda ishlab, yangi-yangi, katta maqsadlar qo'yishimiz kerakligini aytdim. O'yinchilar bilan ham, O'zbekiston futbol associaciyasi bilan ham gaplashganimda har doim aytaman: futbolchi 17 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan oraliqda Superligadagi top jamoalarda to'p tepishi kerak. CHunki bu yosh o'yinchilarning potencialini ko'rsatadigan va terma jamoaga ham chaqirilishi mumkin bo'lgan davr hisoblanadi.
- Jahon chempionatida besh himoyachili tizimda o'ynab, himoyada bir nechta xatolarga yo'l qo'yib, afsuslanarli natija qayd etgansiz. Ammo yaqinda Eron va Suriyaga qarshi o'yinlarda to'rt himoyachili tizimga o'tib, kuchli pressing bilan g'alaba qozondingiz. Jahon chempionatidagi tajriba hozirgi hujumkor taktika o'zgarishiga qanday tasir qildi? Ertaga Koreyaga qarshi o'yinda ham shu hujumkor uslubni saqlab qolasizmi?
- Avvalo, ertaga ham oldingi ikki o'yindagidek yaxshi natija qayd etishimizni istagan holda, shunday kayfiyat bilan bu erga keldim. 1 yil oldin O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanganimda, u erga borib, ko'p o'zgarishlar qilishga harakat qilmadim. Avvalo, imkon qadar jamoaga tegmasdan, bu futbolchilarning madaniyati yoki odatlarini kuzatdim. Ayniqsa, bu jamoa Jahon chempionatiga yaxshi natijalar bilan chiqqan jamoa bo'lgani uchun imkon qadar tegmaslik yaxshiroq, degan fikrda edim. O'sha paytdagi holatni saqlab, JCHni o'tkazdik.
SHundan so'ng, asta-sekin o'zgarishlar qilish vaqti keldi deb o'yladim va bu o'zgarishlarni amalga oshira boshladim. Aytib o'tganingizdek, taktik sxemada ham o'zgarishlar qildim. Keyin futbolchilarga ham biz intilayotgan o'yin falsafasi yoki o'yin modelidagi o'zgarishlarni singdirdim. SHu bilan birga, O'zbekiston futbolchilarining afzalliklari, yani kurashuvchanligi yuqori va jangovar ruhini, qarshi hujumga o'tgandagi o'tkirligini imkon qadar saqlab qolishga harakat qildim. SHunday qilib, jamoani shakllantirib boryapman.
Yosh futbolchilarga asoslanib, bunday motivaciya yoki o'zgarishlarni amalga oshirish niyatidaman. Boya oldingi ikki o'yindagi intensivlik va pressing haqida gapirdingiz. Bularni qachon va qanday qilish juda muhim deb o'ylayman. Buni istalgan paytda qilsak, 90 daqiqa davomida tartibli o'ynashda qiyinchiliklar yuzaga kelardi. SHuning uchun bu jihatlarni bosh murabbiy bo'lganimga 1 yil bo'lganidan so'ng, futbolchilarni yaxshiroq tushunib, ular ham meni tushuna boshlaganidan keyin, jamoa bilan malum darajada aloqa o'rnatilgan vaziyatda qildim. Terma jamoada sog'lom raqobat bo'lishi kerak. SHundagina biz doimiy ravishda yaxshi natijalarga erishib, rivojlanib boramiz. Termada doim o'ynaydigan 13-14 nafar futbolchi atrofida aylanib yursak, keskinlik ham pasayadi va raqobat ham yuzaga kelmaydi. Aytib o'tganingizdek, bunday o'zgarishlarni amalga oshirish uchun yosh futbolchilarni ham jalb qilib, raqobat tizimini saqlab qolgan holda, bazi jihatlarni shakllantirib boryapman.
Eslatib o'tamiz, Koreya – O'zbekiston bellashuvi ertaga, 6 oktyabr kuni 16:00 da start oladi.
Fikrlar