23 iyu 08:51
Yangiliklar

Faqat yig'lamang! Xabib otasining o'limidan keyingi ilk xabarini yozib qoldirdi + FOTO
Xabib otasi Abdulmanap Nurmagomedov bilan tushgan suratini Instagram sahifasiga joylab, uning ostida yurakning tubigacha etib boradigan so'zlar yozib qoldirgan.
"Robbimiz Undan o'zgaga ibodat qilmaslikni va ota-onaga yaxshilik qilishni buyurdi. Agar ota-onalardan biri yoki ikkalasi keksayib qolgan bo'lsa, ularga : "Ux!" - demang, tovushingizni baland ko'tarib gapirmang, aksincha hurmat bilan murojaat qiling.
Ularning oldida kamtarlik qanotini yoyib, shunday deng: “Robbim! Ularga rahmat-shavqat qil! CHunki ular meni bolaligimdan ulg'aytirishdi", - deya Quron oyatlaridan iqtibos keltirgan Xabib.
"Ota, sizni sog'inganmiz. Siz ota, do'st, aka, murabbiy edingiz. Siz menga hayotda kerak bo'ladigan barcha narsani o'rgatdingiz. Umid qilamanki, mendan mamnun edingiz. Axir, ota-onaning ko'ngli - bu Allohning roziligidir", - deya qo'shimcha qilgan chempion.
Eslatib o'tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul kuni uch oy davom etgan xastalikdan so'ng Moskvadagi kasalxonalarning birida vafot etgan edi.
Fikrlar