05 sen 07:57
Yangiliklar
Futbol

Farrux Sayfiev Rasul CHorievning holidan xabar olgani bordi + FOTO
Uch kun avval O'zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari "CAFA Nations Cup-2025" guruh bosqichi doirasida o'zaro to'qnash kelishgandi.
O'yinning 59-daqiqasida O'zbekiston termasi himoyachisi Farrux Sayfiev to'p uchun kurashda raqib posboni Rasul CHorievning yuziga tepib yuborgan va buning natijasida qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Darvozabon tibbiy yordam ko'rsatilib, maydondan olib chiqib ketilgan edi.
Ushbu holatdan keyin Farrux Sayfiev Rasul CHorievning holidan xabar olgani bordi va turkman darvozaboniga sovg'a berdi. CHoriev uchun ushbu musobaqa yakuniga etgan.
Havola :
Fikrlar