So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

25 sen 08:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov SHahram G'iyosovga: “Men seni o'ldiraman!”

Kecha O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqining press-klubida SHahram G'iyosov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori, jahon chempioni O'zbekiston yoshlari oldida o'z hayoti va sportdagi faoliyati haqida gapirib berdi. SHahram suhbat chog'ida aynan Olimpiada licenziyasiga ega chiqish uchun Fazliddin G'oibnazarov bilan bo'lgan bahsga to'xtalib o'tdi.

“2014 yil O'zbekiston chempionatida kutilmaganda -64 kg vazn toifasida o'z qadrdonim, akam deb bilgan inson Fazliddin G'oibnazarov bilan chempionlik, shu bilan birga terma jamoadagi birinchi o'rin uchun finalda bahs olib borishimizga to'g'ri kelib qoldi. Finaldan bir kun oldin Fazliddin aka meni yoniga chaqirib, endi nima qilamiz degan savolni o'rtaga tashladi. SHunda, kim kuchli bo'lsa, o'sha g'oliblikni qo'lga kiritadi deb kelishdik. Bundan oldin bir-birimizga qarshi jang qilish haqida hecham o'ylab ham ko'rmagan edik. 

Final jangi kuni ringga chiqib jiddiy bo'lish o'rniga ikkovimiz ham bir-birimizga qarab kulganimiz-kulgan edi. Hakam oldiga yaqinlashgach, Fazliddin G'oibnazarov menga qarab, fors tilida seni o'ldiraman dedi. SHunda men ham, u ham kulib yubordik. Bahs 2:1 hisobida uning ustunligi bilan yakunlandi. O'sha paytda xatto boksni tashlab ketishga ham tayyor bo'lganman. Lekin baxtimga -69 kg vaznga ko'tarilib, Rio Olimpiadasi yo'llanmasi uchun kurashish imkoniyati yuzaga kelib qolgan", - dedi SHahram G'iyosov. 

SHahram G'iyosovning so'zlariga ko'ra, u o'zbek bokschilari orasida aynan Fazliddin G'oibnazarov bilan juda ham mustahkam do'stlik rishtalariga ega. Nima ham derdik, do'stligingizga ko'z tegmasin!

Islom Oxunov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
26 sen 15:02:32
Muxlis Qarshi
Hurmatli bloger,jurnailst,adminlar har gapni gap deb olib chiqmanglar.Bokschilarimiz sanoqli ko'z tegmasiN deylar.
   
26 sen 15:02:31
Muxlis Qarshi
Hurmatli bloger,jurnailst,adminlar har gapni gap deb olib chiqmanglar.Bokschilarimiz sanoqli ko'z tegmasiN deylar.
   
25 sen 16:57:40
Ихтиёр
69кг да имконият юзага келиб колишига сабаб Эумир Марсиал. Филиппинлик боксчи
   
25 sen 14:19:57
Anvar Abdumurodov
Insoniylik tarafdan butun O'zbekistonda yagona Bokchi Rio dan keyngi pul mukofotlarini murabbiyga berib yuborgan to'liqligicha
   
25 sen 09:32:30
Бахтиёр Чориев
Фазлиддин бир муддат Бухорода тренировка килган. Шундан булса керак Шахрам билан якинлиги
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing