03 sen 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov: "Sizlar biz uchun chempionsizlar"
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda faoliyatini professional tarzda AQSHda davom ettirayotgan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov JCHda ishtirok etgan o'zbekistonlik bokschilarni tabrikladi.
"Bokschilarimizni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabriklayman. Sizlar O'zbekistonning haqiqiy o'g'lonlarisizlar. Sizga katta rahmat. Ota-ona va murabbiylaringizga tashakkur. Sizlar barchangiz biz uchun chempionsizlar", - deya xabar qoldirgan G'oibnazarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangingi 22 sentyabr kuni meksikalik Viktor Rosasga qarshi o'tkazadi. Bungacha u ikkita jang o'tkazib, ikkalasida ham g'alaba qozongandi.
Havola :
Fikrlar