So’nggi yangiliklar

19:52Тошкент туманида "Keles Open" халқаро мусобақаси ўтказилди 0 19:31ОАВ ходимлари орасидан мерганлар аниқланди 0 19:10Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин 0 18:49WTA рейтингидаги 6 нафар теннис маликамиздан фақат бири кўтарилди 0 18:28Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатида шоҳсупага кўтарилишди 0 18:07Турки Ал аш-Шайх энди футболга ҳам сармоя киритмоқчи, у Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда 0 17:46Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда 0 17:25Нурсултон Рўзибоевнинг жанги қайси вазнда ўтказилади? 0 17:04Кирсти Ковентри расман ХОҚ президенти лавозимига киришди 0 16:43Билол Муҳаммад: "Махачев Маддаленани кураши орқали енгиши мумкин" 0 16:22"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда + ФОТО 0 16:01ATP рейтинги. Медведев Топ-10`га қайтди, икки етакчимиз кўтарилди, қолганларда "минус" 0 15:40"Olympic" спорт клуби томонидан кураш бўйича очиқ чемпионат ташкил этилди 0 15:19UzChess Cup. Бешинчи тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 14:58"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади 0

27 sen 16:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning chempionlik jangiga bir qadam qoldi

Xabaringiz bor, 9 dekabr kuni bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov professional ringdagi o'zining to'rtinchi jangini o'tkazadi.

Biz Rio Olimpiadasi chempioni bilan bog'liq yangiliklarni bilish maqsadida AQSHda, shogirdining yonida bo'lib turgan murabbiyi Abror Tursunpo'latov bilan bog'landik.  

"9 dekabr kungi jangda g'alaba qozonsak, chempionlik jangiga bir qadam qoladi. Ushbu jang 8 raundlik jang maqomida bo'ladi. Ayni paytda uning reytingdagi o'rni ko'tarilib boryapti. Yana 2-3ta jangdan so'ng chempionlik jangi tashkil qilinishi mumkin. CHempionlik kamari uchun jang kamida 10 raund bo'ladi. Agar dekabrdagi jangni yutsak, kuchli yuztalikka kirib olamiz. Keyin esa yana bitta jang o'tkaziladi va bu bilan chempionlik uchun davogarlik qilishimiz mumkin.

Aslida 9 dekabr kungi raqibimizni reytingda tezroq ko'tarilish uchun almashtirdik. Promouterlarning raqibni almashtirish haqidagi taklifiga hech ikkilanishsiz rozi bo'ldik. Uning navbatdagi raqibi rossiyalik bokschi Kaliforniyada mashg'ulotlarini o'tkazadi. O'z vaqtida hozir mutloq jahon chempioni bo'lib turgan amerikalik Terens Krouford bilan chempionlik jangida ham ishtirok etgan", - dedi Abror Tursunpo'latov.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing