So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

07 noy 18:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning jang sanasi va manzili malum bo'ldi

Professional bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov etti oylik tanaffusdan so'ng yana ringga qaytmoqda.

Dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblangan charm qo'lqop ustamiz 16 dekabr kuni Qozog'istonning Almati shahrida o'tkaziladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi. 

Bu haqda bizga Fazliddinning murabbiyi Abror Tursunpo'latov xabar berdi. Abror akaning aytishicha, ushbu boks kechasi Britaniyaning MTK Global promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. 

"Viza bilan bog'liq muammo sabab G'oibnazarovning AQSHga yo'l olishi biroz kechikmoqda. Bu vaziyatda Top Rank Fazliddin uchun Almatidagi boks oqshomidan jang tashkil etib bermoqda. Top Rank va MTK Global kompaniyalari o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Tez orada bokschimizning raqibi elon qilinadi. Hozirda bu borada muzokara davom etyapti", - deydi Tursunpo'latov.

Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov so'nggi jangini AQSHning Arizona shtati, Tuson shahrida amerikalik Maykl Foksga qarshi o'tkazib, biroz kutilmaganda 92:96, 92:96, 93:95 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Reyting:    

Fikrlar

   
07 noy 20:19:47
Jalol Axmedov
mtk Qozogʻiston oʻtkazsa oʻzini boʻkschilari bilan qoʻyishi mumkin
   
07 noy 19:03:42
Dilshot Solihov
Fazlidin G'oyibnazarov kimsan alimpiyada chimpiyoni yana dunyani en kuchli pramo'tiri bilan xamkorlik qilmoqda, qanday qilib shunday sportchimizga viza tomonlama muommo bo'lishi mumkin achinarli tomoni manashunday xolat bilan yana bir nechta bokischilarimiz qiynalishmoqda ular orasida Jamshid Najmidinovxam. Bu muomlarni xal qilib berishsa yaxshi bo'lardi. Qiziq aslida profi vataniga borib nufuzli pramotirlardan chorlov bo'lib turgan bir payita mana bunday xolat xam kulgili xam achinarli. Qozoqistondagi janga keladigan bo'lsak katta extimol bilan osiyolik raqib rinda raqiblik qiladi. Aslida Qozoqistonda Fayzini jang qilishi faqat uning obroviga putur yekazsa yetkazadiki foyda keltirmaydi. Uyoqda Arumam xayrondir bundan oldingi Qudratilani murabiyi Endi Fayzi shunday muommo nimasi bu digandur. Bunday xolatlar profiga o'tmoqchi bo'votkan yani amerikadagi nufuzli pramotirlar bilan shartnoma tuzish orzusidagi boshqa bokischilarimiz uchun faqat zarariga yuradi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing