11 iyu 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi va manzili malum
Professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi jangi qachon va qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi.
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni uchun bu hisob bo'yicha professional boksdagi uchinchi jang bo'ladi. Bo'lajak jang 5 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkaziladi. Hozircha raqib nomi malum emas. Tez kunda bunga oydinlik kiritiladi.
SHunisi aniqki, oqshomning markaziy jangi ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko ishtirokida bo'lib o'tadi. Fazliddin G'oibnazarov afsonaviy promouter Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi hisoblanadi.
Malumot uchun, hamyurtimiz 20 may kuni AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida ringga amerikalik Agustin Maurasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar