25 noy 21:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi raqibi malum bo'ldi, u tajribali bokschi bilan jang qiladi
Rio Olimpiadasi chempioni, professional bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov 16 dekabr kuni Qozog'istonda ringga ko'tarilishi haqida xabar qilgandik.
www.olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, bokschimiz Almatidagi jang oqshomida argentinalik Mauro Maksimiliano Godoyga qarshi ringga ko'tariladigan bo'ldi.
Malumot uchun, 30 yoshli Godoy shu kungacha prof ringda 38 ta jang o'tkazishga ulgurgan. U janglarining 32 tasida g'alaba qozongan (17 ta nokaut). 5 marotaba mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Fazliddin esa prof boksda 8 ta jang o'tkazgan. Ularning 7 tasida g'alaba qozongan (4 ta nokaut). 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar