21 may 10:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin qatnashgan boks oqshomining markaziy jangi g'olibi malum
Hozirgina AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garned” saroyida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim o'rta vazn (63,5 kg) toifasida WBC va WBO yo'nalishlari chempioni amerikalik 29 yoshli Terens Krouford o'zining chempionlik kamarlarini himoya qildi.
Terens dominikanlik 33 yoshli davogar bokschi Feliks Diasga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning o'ninchi raundidan so'ng Diasning murabbiylari jangni to'xtatishdan o'zga chora topa olishmadi. Krouford texnik nokaut evaziga jangni o'z foydasiga hal qildi.
Eslatib o'tamiz, aynan mana shu boks oqshomida hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov o'zining professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazib, amerikalik raqibi Agustin Maurasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar