12 may 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin ringga chiqqan oqshomda Berchelt WBC kamarini himoya qildi
Bugun AQSHning Arizona shtati Tuson shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Qiziqarli janglarning biri ikkinchi yarim engil vazn toifasida o'tkazilib, unda meksikalik ikki bokschi o'zaro to'qnash keldi. Amaldagi WBC chempioni Migel Berchelt kamarini hamyurti Fransisko Vargasdan himoya qildi.
CHempionlik jangi oltinchi raund yakunlanib borayotgan bir pallada to'xtatildi. Fransiskoning sekundantlari jangni davom ettirish befoyda ekanligini tushunib etishdi va o'z xohishlariga ko'ra bahsni to'xtatishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar