03 dek 16:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson Xabib bilan fevral oyidayoq jang qilishga tayyor edi
Amerikalik MMAchi Toni Fergyuson Xabibga qarshi jang aprel oyiga belgilanganidan hayron qoldi.
Tonidan ushbu jang aprel oyiga belgilanganiga qanday munosabatda ekanligi haqida so'rashdi:
"Buni UFCdan so'rashingiz kerak. Xabib haliyam o'z turnelari bilan yuribdi. U bolalarni o'pib, shunga o'xshash ishlarni amalga oshirib yuribdi. Bu kimga qiziq?
Mening kimligimni bilasiz. Unga qarshi fevral oyida ham jang qilishga tayyor edim. Hattoki boshqa raqib bo'lishini ham kutgandim. Ammo, barchasi amalga oshdi.
Aprelni kutamiz. Menda mashg'ulotlar olib borish va muxlislar istayotgan narsani sovg'a qilish uchun etarli vaqt bor", - dedi Toni Fergyuson.
Havola :
Manba : MMAJunkie
Fikrlar