22 iyu 09:06
Yangiliklar
SHaxmat
FIDE Jamoaviy Jahon chempionati-2026: Abdusattorov chempion! Yana uch shaxmatchimiz sovrindor bo'ldi
Gonkongda yakuniga etgan jamoaviy blic jahon chempionatida O'zbekiston jamoasi nafaqat umumiy hisobda bronza medalini qo'lga kiritdi, balki shaxmatchilarimiz o'z taxtalarida ham ajoyib shaxsiy natijalarni qayd etib, medallarga ega chiqishdi.
Oltin medal:
Nodirbek Abdusattorov (1-taxta) — Hamyurtimiz eng kuchlilar o'ynagan 1-taxtada mutlaq tengsiz bo'ldi! U 19 ta o'yinda 15.5 ochko jamg'arib, aqlbovar qilmas 2936 reyting perfomansini ko'rsatdi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Kumush medallar:
Umida Omonova (6-taxta) — Ayollar o'rtasidagi bahslarda 12 o'yindan 9 ochko jamg'arib, o'z taxtasida kumush medal sohibasiga aylandi.
Akjol Rahmatullaev (8-taxta) — Yosh iqtidorimiz 21 ta partiyada 14.5 ochko to'plab, kumush medalni qo'lga kiritdi.
Bronza medal:
SHamsiddin Vohidov (5-taxta) — 15 ta partiyada 8.5 ochko jamg'argan holda, o'z taxtasida kuchli uchtalikdan joy oldi.



Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar