So’nggi yangiliklar

21:54Элит ОЧЛ ўтиш ўйини: "Пахтакор" Иордания клубини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:09Ўзбекистонлик спортчининг Эркабулан Токтарга қарши жанги эълон қилинди 0 19:01"Сурхон" Беҳруз Каримовнинг трансферидан қанча пул ишлаб топди? 0 18:18Бибисара ҳам борми? Қозоғистон терма жамоасининг Самарқанддаги Шахмат Олимпиадаси учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:30Собиқ чемпион нега Хабибни ММА тарихидаги энг буюк жангчи деб ҳисоблашини тушунтирди 0 16:52UFC рейтинги янгиланди: Нокаутчи енгил вазн тоифасида Топ-5`га яқинлашди 0 16:13Трамп ФИФА атрофидаги можаро фонида Инфантинонинг ёнини олди 0 15:37Grand Chess Tour: Синдаров 475 000 долларлик турнирдаги юришини бошлади 0 15:01Головкиннинг World Boxing ташкилотига 6 та янги федерация қўшилди + ФОТО 0 14:35Моралес Махачев - Гэрри жангини суғурталаш учун 9 кг вазн ташлаши керак 0 13:58Дунёнинг учинчи энг бой инсони “Ливерпуль” эгаларидан бирига айланади 0 13:31Топурия жамоаси Гэтжидан зудлик билан реванш олишни талаб қилмоқда 0 12:58Усман Нурмагомедовнинг менежери Макс Холлоуэйдан узр сўради 0 12:33Даниэль Кормье нима учун Жонсни мағлуб эта олмаганини айтиб берди 0 11:59"Реал"нинг янги футболчилари 2026/27 йилги мавсумда қайси рақамлар ўйнашлари маълум 0

27 dek 13:03
Yangiliklar

SHaxmat

FIDE Rapid va Blic bo'yicha Jahon chempionati start oldi. Beshta turdan so'ng eng yaxshi natijamiz Sindarovda!

Kecha Qatar poytaxti Doha shahrida ayollar va erkaklar o'rtasida Rapid va Blic bo'yicha FIDE Jahon chempionati boshlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 70 ta davlatidan kelgan 394 nafar shaxmatchi ishtirok etyapti. O'zbekiston terma jamoasi 14 nafar etakchi sportchi bilan bahslarga kirishdi. 

Musobaqaning Rapid bo'yicha 1-kuni ishtirokchilar 5 ta turda o'zaro dona surishdi. SHaxmatchilarimiz orasida eng yaxshi natija hozircha Javohir Sindarovda bo'lib turibdi. Yaqindagina Jahon kubogini qo'lga kiritgan Sindarov 5 imkoniyatdan 4 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 13-o'rinni egallab turibdi. Muhiddin Madaminov va Nodirbek Abdusattorov tajribali raqiblarga qarshi bahslarda 3,5 ochko to'plashdi. 

Ayollar o'rtasida Afruza Hamdamova 3 ochko bilan terma jamoamizdagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda - 22-o'rin. Gulruhbegim Toxirjonova 2 ochko bilan hozircha 56-pog'onada bormoqda. Bugun rapid bahslari davom ettiriladi.  


O'zbekiston shaxmatchilarining Rapid bo'yicha birinchi kun natijalari:

Erkaklar:

1. Javohir Sindarov – 4 ochko, 13-o'rin

2. Muhiddin Madaminov – 3,5 ochko, 40-o'rin

3. Nodirbek Abdusattorov – 3,5 ochko, 55-o'rin

4. Jahongir Vohidov – 2,5 ochko, 107-o'rin

5. SHamsiddin Vohidov – 2,5 ochko, 134-o'rin

6. Humoyun Begmuratov – 2,5 ochko, 136-o'rin

7. Nodirbek Yakubboev – 2 ochko, 173-o'rin

8. Muhammadzo hid Suyarov – 1 ochko, 220-o'rin


Ayollar:

1. Afruza Hamdamova – 3 ochko, 22-o'rin

2. Gulruhbegim Toxirjonova – 2 ochko, 56-o'rin

3. Guldona Karimova – 2 ochko, 68-o'rin

4. Umida Omonova – 2 ochko, 70-o'rin

5. Madinabonu Xalilova – 1,5 ochko, 93-o'rin

6. Nilufar Yakubbaeva – 0,5 ochko, 133-o'rin

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing