24 sen 13:00
Yangiliklar
FIFA JCH-2030`ni 64 ta jamoa bilan o'tkazishdan manfaatdor
Manbaga ko'ra, tashkilot Janubiy Amerika futbol konfederaciyasining (KONMEBOL) jahon chempionatini rekord songacha kengaytirish taklifini qo'llab-quvvatlamoqda. Qayd etilishicha, bu holda turnir har birida to'rtta jamoadan iborat 16 ta guruhda o'tkaziladi. Eng yaxshi ikki o'rinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi.
O'yinlar Ispaniya, Portugaliya, Marokash, Argentina, Paragvay va Urugvayda o'tkazilishi aytilmoqda. Jahon chempionatining uchta guruhi to'liq Janubiy Amerika davlatlarida, qolgan o'yinlar esa Evropa va Afrikada bo'lib o'tadi.
Avvalroq FIFA ishtirokchilar maydonini 32 tadan 48 tagacha kengaytirgan edi. 2026 yilgi jahon chempionati tarixda 48 ta milliy terma jamoa ishtirokidagi birinchi musobaqa bo'ladi.

Fikrlar