01 iyu 17:23
Yangiliklar

Finalida SHin o'ynagan M15 Tashkent 2 turniri yakunlandi
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat M15 Tashkent 2 turnirining hal qiluvchi finalida O'zbekistonning to'rtinchi raketkasi Maksim SHin musobaqada to'rtinchi raqam ostida tasniflangan yaponiyalik Rena Tokudoga qarshi kortga chiqdi.
Hamyurtimiz va yaponiyalik tennischi o'rtasidagi reyting tafovuti deyarli 1000 pog'onani tashkil qildi. Bu natijada ham aks etdi. Tokudo 6/4, 6/3 hisobida g'alaba qozonib, Toshkent turniri chempioniga, SHin esa vice-chempioniga aylandi. Maksim uchun bu yaxshi natija.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin ayni paytda ATP reytingida 1737, Rena Tokudo esa 789-o'rinni egallab turibdi. CHempion yarim finalda yana bir hamyurtimiz, turnirning birinchi raketkasi Sergey Fominni mag'lub etishni uddalagan edi.
Fikrlar