23 iyu 12:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer: “800 mln dollar ishlabman, demak bekorchimasman”
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni engmas bokschi Floyd Meyvezer ishlab topayotgan mablag'i yuzasidan bildirilayotgan fikrlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Men qilayotgan ishlar shunchaki hayratlanarli. Bu haqda Garvard biznes maktabida gapirishadi. Odamlar aytgandek, 800 mln dollar ishlab topgan ekanman, demak, men bekorchi emasman va to'g'ri yo'ldan ketyapman”, - dedi Meyvezer.
SHuningdek, amerikalik bokschi mashhur sport brendlari tomonidan ishlab chiqarilgan liboslarni kiymasligi va nima uchun o'zining TMT brendiga sodiqligi haqida savolga ham javob berdi.
“Nima uchun men boshqalarning brendidan foydalanishim kerak? “Nayk”, “Adidas”, “Puma” - ular ham ishni nimadandir boshlashlari kerak edi. Men TMT brendini noldan ko'taryapman. Bu ishni nabiralarim davom ettirishadi”, - deya so'zlariga yakun yasadi Meyvezer.
Havola :
Fikrlar