20 iyu 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Floyd Meyvezer: “Makgregor favorit, faqat qog'ozda”
Amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer matbuotdagi Konor Makgregor bilan bo'layotgan so'z jangi yuzasidan o'z fikrini bildirdi.
“Qog'ozda barchasi Makgregor foydasiga hal bo'lyapti. Ha, u menga nisbatan gavdasining tuzilishi jihatidan yirikroq. Uning qo'llari ham uzunroq. Yoshimiz o'rtasida ham katta tafovut bor.
Konor o'zini shu jihatlari bilan ustun hisoblaydi. Lekin unutmang, bu shunchaki qog'ozdagi statistika. Kim kuchli ekanligini ring ko'rsatadi”, – dedi Meyvezer Boxing Scene saytiga bergan intervyusida.
Malumot uchun, 26 avgust kuni o'tkaziladigan jang natijasidan qatiy nazar Konor Makgregor va Floyd Meyvezer kamida 100 million dollar miqdoridagi gonorarga ega bo'lishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar