30 iyu 09:30
Yangiliklar
Floyd Meyvezer: “Men avvalgidek bokschi emasman”
Amerikalik bokschi Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida mashg'uloti aks etgan videoni joylashtirdi. Ushbu mashg'ulot Konor Makgregorga qarshi o'tkaziladigan jangga tayyorgarlik vazifasini o'tayapti.
“Men bundan taxminan 20 yil avvalgi bokschilik faoliyatimdagi holatimda emasman. Xatto 10 yil avval ham bugungidan kuchliroq bo'lganman. Umuman olganda, 5 yil avvalgi holatim ham bugungidan ancha yaxshi edi. Men shunchaki eski afsonaman”, – dedi Meyvezer.
Eslatib o'tamiz, 26 avgust kuni Floyd Meyvezer aralash qoidalar bo'yicha UFC chempioni Konor Makgregorga qarshi boks jangida ringga ko'tariladi. Jang natijasidan qatiy nazar har ikki sportchi 100 million AQSH dollari miqdoridagi kafolatlangan gonorarga ega bo'ladi.
Fikrlar