22 avg 12:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Floyd Meyvezer o'n soniyalik videodan millionlab foyda ko'rganini malum qildi
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o'zining "Instagram" sahifasida Menni Pakyaoga qarshi jang qilish uchun kelganligi to'g'risidagi videoning chiqib ketganiga izoh berdi.
“Men bilan Pakyao o'rtasidagi revansh jangimiz haqidagi video internetga tarqalib ketdi. Bu video sakkiz oy avval olingan. Bizning revansh hech qachon tashkil etilmaydi. Men bu o'n soniyalik video uchun 2 million 200 ming dollarga ega bo'ldim. Qalay, zo'rmi?“,- deb yozib qoldirgan engilmas bokschi.
Eslatib o'tamiz, Floyd bir necha kun oldin ushbu videoni Instagramiga joylashtirgandi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar