20 mar 11:49
Yangiliklar
Tennis

Fomin Antaliya turniridagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ITF 15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z omadini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 93 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvida belgiyalik Emilen Demanetni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2.
Taqqoslash uchun, turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan Fomin ATP reytingida 543, Demanet esa 652-pog'onadan joy olgan. Sergeyning 1/8 finaldagi raqibi bugun aniqlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar