27 mar 09:45
Yangiliklar
Tennis

Fomin Antaliyadagi ITF turnirida o'z yurishini boshladi
O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Turkiyaning Antaliya shahrida start olgan ITF turkumidagi M15 musobaqasida ishtirok etyapti.
Mamlakatimizning ikkinchi raketka ustasi kecha turnirning ilk bosqichi doirasida ispaniyalik 19 yoshli Iker Sevilyaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat, 53 daqiqa davom etgan o'yinda Fomin ATP reytingida 1357-o'rinni egallab turgan raqibini 2:1 (5/7, 7/5, 7/5) hisobida taslim etdi.
Sergey musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan. U endi bugun nimchorak final bosqichidagi o'yinini o'tkazadi. 24 yashar hamyurtimizga bu safar ham ispaniyalik tennischi raqiblik qiladi. 21 yoshli Alexandro Pertusa Manzaneraga qarshi kechadigan o'yin 12:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni damda ATP reytingida 543, Pertusa esa 643-o'rinni band etib turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar