12 apr 07:43
Yangiliklar
Tennis

Fomin Antaliyadagi uchinchi turniridagi ishtirokini 1/2 final ostonasida to'xtatdi
O'zbekistonning ikkinchi raqamli tennischi Sergey Fomin Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi ITF tennis turnirida ishtirok etayotgandi.
Hamyurtimiz musobaqaning chorak finalida turnirning ikkinchi raketkasi, Xorvatiya vakili Luka Mikrutga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 32 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 317-o'rinni egallab turgan Mikrut 6/4, 6/3 hisobida g'alaba qozondi. Bu Fomin uchun Antaliyadagi ketma-ket uchinchi turnir bo'ldi. U avvaliga chempion bo'ldi, 7 aprel kuni yakuniga etgan musobaqada esa vice-chempionga aylangandi.
Malumot o'rnida, Sergey Fomin ayni damda ATP reytingida 499-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar