31 mar 10:25
Yangiliklar

Fomin deyarli yarim kun davom etgan finalda kambek evaziga g'alaba qozondi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida ATP reytingida 1228-pog'onadan joy olgan ruminiyalik Gabriel Getuga qarshi kortga chiqdi. Bu tennischi reytingi past bo'lsa-da, finalga qadar raqamlangan raqiblarni musobaqadan chiqarib yubordi.
Birinchi set tay-brekda Getu foydasiga hal bo'ldi - 6/7(8). Ikkinchi set boshlanishi arafasida Antaliya yomg'ir yog'a boshladi va buning natijasida uchrashuvi 3-4 soatga kechiktirildi. Bu tanaffus Fomin foydasiga ishladi va qolgan ikki setda u kambek evaziga chempionlikka erishdi - 6/4, 6/1!
Etiborlisi, oltinchi raqam ostidan tasniflangan Sergey Fomin Antaliya turniridagi barcha uchrashuvlarini uch set natijasiga ko'ra o'z foydasiga hal qildi. Tennischimiz ayni paytda ATP reytingida 543-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar