31 may 13:46
Yangiliklar

Fomin ishtirokidagi uchrashuvda M15 Tashkent 2 turnirining ilk finalchisi aniqlandi
Mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat M15 Tashkent 2 turnirining ilk 1/2 finalida hamyurtimiz Sergey Fomin afsuski, reyingda o'zidan ancha quyidagi tennischiga yutqazib qo'ydi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 2 soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda ATP reytingida 789-pog'onani egallab turgan yaponiyalik Renta Tokudoni 3/6, 6/3, 3/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda dunyoning 453-raketkasi bo'lib turibdi. Yaponiyalik tennischi esa turnirda to'rtinchi raqam ostida tasniflangan edi. Uning finaldagi raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi.
Ikkinchi yarim finalda to'rtinchi raketkamiz Maksim SHin reytingda o'zidan yuqorida turgan italiyalik Lorenco Lorussoga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar