04 okt 07:42
Yangiliklar
Tennis
Fomin Ispaniyadagi turnir saralash bosqichi finalida kortga chiqdi
O'zbekistonlik tennischi Sergey Fomin Ispaniyada o'tkazilayotgan "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etyapti.
Alicante Challenjer turniri saralashida ishtirokini boshlagan mamlatimizning birinchi raketkasi asosiy to'rga yo'llanma beradigan uchrashuvda italiyalik Federiko Gayoga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuv ikki set davom etdi va unda afsuski, italiyalik tennischi 6:4, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Gayo ayni paytda ATP reytingida 376, Fomin esa uch pog'ona yuqorilagan holda 363-o'rinni egallab turibdi. Bir kun avval Fomin yarim final doirasida franciyalik Kelvin Emerini mag'lub etgan edi.
Gayo - Fomin bahsi statistikasi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar