19 may 17:31
Yangiliklar

Fomin kambek evaziga Tbilisi "CHellenjer" asosiy to'riga chiqdi
Musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Sergey Fominning ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi saralashning 1/2 finalida greciyalik mashhur tennischi Stefanos Cicipasning ukasi Pavlos Cicipasni 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Fomin biroz avval yakuniga etgan saralashning final bahsida rossiyalik Semen Pankinni kambek evaziga taslim etdi. Birinchi setni 2/6 hisobida boy bergan hamyurtimiz ikkinchi setni tay-brekda o'z foydasiga hal qildi - 7/6(3). Uchinchi hal qiluvchi setda tajriba o'z so'zini aytdi - 6/2. Ikkinchi set o'rtalarida yomg'ir sabab uchrashuv bir necha daqiqaga to'xtab qolgandi.
Taqqoslash uchun, Fomin ATP reytingida 462, Cicipas 1127, Pankin esa roppa-rosa 900-pog'onadan joy olgan. Bugungi uchrashuv davomida Fomin 12 ta, raqibi esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 4 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Fikrlar