20 fev 08:24
Yangiliklar

Fomin Portugaliyada ikki kun davom etgan uchrashuvda g'alaba qozondi
Unda hamyurtimiz Sergey Fomin ham o'z imkoniyatini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada shveycariyalik Hugo Oziluga qarshi bahs olib bordi. Aslida o'tgan kuni boshlangan uchrashuv kun bo'yi yoqqan yomg'ir sabab kecha yarim tunda yakuniga etdi va unda Fomin 6/2, 6/2 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 558, Hugo esa 1866-pog'onadan joy olgan. Bugun tennischimiz 1/8 finalda turnirning uchinchi raketkasi, hozirda reytingda 301-o'rinni egallab turgan slovakiyalik Martin Klijanga qarshi kortga chiqadi. 36 yoshga qarab ketayotgan tajribali Martin o'z vaqtidan dunyoning 30-raketkasi bo'lgan. U 1/16 finalda ATP reytingida 1203-pog'onada borayotgan bolgariyalik Aleksandr Petrovdan ustun keldi - 3/6, 6/0, 6/2.
Fikrlar