20 may 13:08
Yangiliklar

Fomin Tbilisi "CHellenjer" turnirining asosiy to'rida ham zafar quchdi
Mukofot jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslaridan ishtirokini boshlagan Sergey Fomin ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Hamyurtimiz biroz avval yakuniga etgan asosiy to'rning ilk davra uchrashuvida ham g'alabaga erishdi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi reytingda o'zidan yuqorida borayotgan gruziyalik Aleksandr Bakshini 6/3, 6/7(5), 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Roppa-rosa ikki soat davom etgan uchrashuvida Fomin 13, Bakshi esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Sergey qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Raqibining bu boradagi statistikasi 6 tani tashkil etdi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 462, Aleksandr Bakshi esa 448-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Hamyurtimiz ilk bor noqulay raqibini mag'lub etishni uddaladi. Tennischimizning 1/8 finaldagi raqibi birozdan keyin aniqlanadi.
Fikrlar