21 may 16:25
Yangiliklar

Fomin Tbilisi "CHellenjer"ining 1/8 finalida 4-raketkaga qarshi kortga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 60 000 dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning saralash bahslaridan ishtirokini boshlagan Sergey Fomin ikki g'alaba evaziga asosiy to'rga yo'llanmani qo'lga kiritgandi. Hamyurtimiz kecha asosiy to'rning ilk davrasida reytingda o'zidan yuqorida borayotgan gruziyalik Aleksandr Bakshini 6/3, 6/7(5), 6/1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Biroz avval mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 1/8 finalda yana bir mezbon tennischi, turnirning to'rtinchi raketkasi Saba Purceladzega qarshi bahs olib bordi. To'qson to'rt daqiqa davom etgan uchrashuvda tajribali Purceladze muxlislarning olqishi ostida qiyin g'alabani qo'lga kiritdi - 6/3, 7/6(4).
O'yinning boshidan to oxirigacha esib turgan kuchli shamol tennischilarning harakatiga o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Bazi vaziyatlarda minoradagi hakam mezbon tennischi foydasiga qarorlar ham chiqardi. Fomin 6, Purceladze 15 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Sergey 1, Saba 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 462, Saba Purceladze 286-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi. Barcha qarama-qarshiliklarda gruzin tennischisining qo'li baland kelgan.
Fikrlar