28 may 14:49
Yangiliklar
Tennis

Fomin Toshkentda o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli start oldi
Ikkinchi haftadirki, poytaxtimiz tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.
M15 Tashkent 2 turnirining mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lib, unda bir necha nafar tennischilarimiz o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishyapti. Ular orasida Sergey Fomin birinchi raqam ostida tasniflangan.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi 97 daqiqa davom etgan ilk davra uchrashuvda yana bir hamyurtimiz Damir Abdusamatovni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/2. Dunyoning 453-raketkasi bo'lib turgan Fomin ertaga 1/8 finalda ATP reytingida 1860-pog'onada borayotgan rossiyalik Dmitriy Doljenkovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar