13 mar 11:25
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Fomin Turkiyadagi ITF turnirini g'alaba bilan boshladi
Kecha Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ITF turkumiga kiruvchi musobaqa boshlandi.
			Mukofot jamg'armasi 15 ming AQSH dollaridan iborat turnirda O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Sergey Fomin ham ishtirok etmoqda. U ilk bosqichda italiyalik Edoardo Zanadaga (ATP reytingidagi o'rni 1492) qarshi bahs olib borib, 6/4, 6/2 hisobida zafar quchdi.
Bugun o'tkaziladigan nimchorak final bahsida Sergeyga Belgiya vakili Stefan Adrian Andresku raqiblik qiladi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ayni paytda Fomin ATP reytingida 564, Andresku esa 736-o'rinda qayd etilgan.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar