29 mar 18:30
Yangiliklar
Tennis
Fomin va SHin Xitoyda chempion bo'ldi
Xitoyning Maanshan shahrida o'tkazilgan ITF M15 turnirida O'zbekiston terma jamoasi azolari Sergey Fomin va Maksim SHin juftlik yo'nalishida g'alabaga erishdi.
Musobaqa finalida hamyurtlarimiz Xitoy juftligi Xianfeng CHen va Aoran Vang ustidan 5:7, 6:4, tay-brekda 10:5 hisobida zafar quchdi.
SHu tariqa, Sergey Fomin va Maksim SHin ITF M15 Maanshan musobaqasining juftlik bahslarida tengsiz bo'lishdi.

Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar