So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

30 dek 09:51
Yangiliklar

Qilichbozlik

FOTO. Andijonda yangi qilichbozlik majmuasi foydalanishga topshirildi

Andijon shahrida yangi qilichbozlik saroyi foydalanishga topshirildi.

Majmua o'z ichiga mashg'ulotlar zali, mehmonxona, trenajyor zallarini olgan bo'lib, bu erda yoshlar sportning ushbu turi bilan muntazam shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar muxayyo etilgan.

Mashg'ulotlar zalining maydoni 24X42 o'lchamda bo'lib unda sakkiztadan o'ntagacha qilichbozlar maxsus yo'lakchasini o'rnatish imkoniyati bor, shuningdek 50 kishilik mehmonxona o'quv-mashg'ulot yig'inlariga tashrif buyuradigan sportchilarni qabul qilishga tayyor.


Endi o'z o'zidan xaqli savol tug'iladi. Xo'sh, mazkur majmua nega aynan Andijonda bunyod etildi? Birinchidan shu paytga qadar qilichbozlar uchun xalqaro standartlarga javob bera oladigan o'quv mashg'ulotlar bazasi deyarli yo'q edi. Faqat poytaxtda qilichbozlar zali mavjud bo'lib, bu butun Respublika bo'yicha mahoratli sportchilarni tayyorlashga tabiiyki kamlik qilardi.

Ikkinchidan Andijon viloyati o'zbek sportiga bir qator istedodli qilichbozlar, jumladan London Olimpiadasi ishtirokchisi Ruslan Kudaev, Jamoaviy bahslar bo'yicha Osiyo chempionlari - Javohir Nurmatov, Abdulbosit Nasriddinov, Sanjar Sobirov, Osiyo chempionatining ikki karra kumush medal sohibi Saidbek Djeenbaevlarni tarbiyalab bergan.


Boz ustiga Andijon mamlakatimizdagi aholi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanadi. Aynan shu jihatlar inobatga olinib qilichbozlik majmuasi shu erda bunyod etildi.

Majmuaning tantanali ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi vakillari, sportchilar hamda ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.


Yana bir yangilik. Hozirda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zahiralari koleji hududida qilichbozlar uchun yana bir mashg'ulot zali tayyorlanmoqda. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing