05 avg 10:55
Yangiliklar

FOTO. Malinyaji “ishkal” sabab Makgregor lagerini tark etdi
Polga Konorning jamoasidagi muhit yoqmagan. Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Malinyaji sparring raqib sifatida Makgregorga amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rishi uchun yordam berayotgandi.
“Ha, men Makgregorning mashg'ulot lagerini tark etdim. Bu erga Konorga yordam berish va 26 avgust kuniga belgilangan tarixiy voqeylikning bir qismi bo'lish uchun kelgandim.
Lekin ring tashqarisida bo'layotgan ayrim voqealar meni fikrimni o'zgartirishga majbur qildi. Mening ringga xuddi nokautga uchragan holda yiqilganim tasviri tushirilgan suratlarni internetga joylashdi. Aslida men zarbadan yiqilmagandim. Konor meni qo'llari bilan itarib yuborgandi.
Men ortiq u bilan ishlay olmayman. Lekin uning taktikasi haqida hech kimga hech qanday malumot bermayman. Bunga so'z beraman va unga omad tilayman”, – dedi Malinyaji World Boxing News saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar