24 avg 08:32
Yangiliklar

FOTO SHahram G'iyosov Meksikada taroziga chiqdi, ertaga jang!
Ushbu boks oqshomida hamyurtimiz SHahram G'iyosov faoliyatidagi to'qqizinchi jangini o'tkazadi. CHarm qo'lqop ustamiz Centro de Usos Multiples arenasida o'tkaziluvchi jangda kolumbiyalik Darleys Peresga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun bokschilar ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikki bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. O'n raundga mo'ljallangan ertangi bahs nufuzi bo'yicha boks kechasining anderkad jangi hisoblanadi.
Unda G'iyosov o'ziga tegishli bo'lgan WBA International kamarini himoya qiladi. SHahram shu kungacha prof boksda 8 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). Sobiq jahon chempioni Peres esa proffessional ringda 40 marotaba jang qilgan. Ularning 34 tasida g'alaba qozongan (22 ta nokaut). To'rt marotaba yutqazgan (3 ta nokaut). Ikki jang durang natija bilan yakunlangan.
Fikrlar