So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

11 iyu 07:48
Yangiliklar

Tadbirlar, Olimpiya o'yinlari

Franciya prezidenti Tomas Baxni qabul qildi

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Franciya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan Parijdagi Elisey saroyida qabul qilindi.

Samarali o'tgan uchrashuv paytida koronavirus pandemiyasidan keyingi davrda XOQ oldida Olimpiya o'yinlarini tashkil etish bo'yicha turgan yangi vazifalar to'g'risidagi masalalar muhokama qilindi.

“Prezident Emmanuel Makron va men dunyo to'qnash kelishda davom etayotgan, salomatlikning misli ko'rilmagan inqirozi davridan keyin sport va uning faoliyati muhimligi to'g'risida gaplashdik”, – deb bayonot berdi Bax uchrashuvdan keyin.

Tomas Bax Franciya prezidentiga Xalqaro Olimpiya qo'mitasining BMT Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlariga nisbatan niyatlarini yodga soldi.

“Barqarorlik ham betaraf bo'lgan tashkilot – XOQni isloh qilish dasturi asoslaridan biridir. Prezident Makron va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari Tashkiliy qo'mitasi bilan o'tgan uchrashuv 2024 yilda iqlimga ijobiy tasir ko'rsatadigan Olimpiadani o'tkazish borasida fikr almashish imkoniyatini berdi. Franciya prezidenti ham bu masalani o'zi qo'llab-quvvatlashini bildirdi”, – dedi Tomas Bax.

Ular, shuningdek, Olimpiya o'yinlarini koronavirus pandemiyasidan keyingi dunyo uchun soddalashtirilgan yondashuv asosida, rejalashtirilgan byudjetga hamda Olimpiya o'yinlarining davatlari va qadriyatlari uzatilishiga amal qilgan holda moslashtirish loyihasini muhokama qildilar.

Prezident Makron ham Olimpiya o'yinlarining siyosiy betaraflikka rioya etib, butun jahonni birlashtirish salohiyatini yuqori baholadi.

Elisey saroyida XOQ prezidentiga Parijda 2024 yilda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari Tashkiliy qo'mitasining prezidenti Toni Estange va XOQ Bosh direktori Kristof de Kepper hamrohlik qildilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing