08 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Freddi Rouch: “Menimcha, Meyvezer - Pakyao janggi o'tkaziladi”
Amerikalik mashhur murabbiy Freddi Rouchning aytishicha, zamonamizning ikki buyuk bokschisi engilmas Floyd Meyvezer hamda filippinlik Menni Pakyao o'rtasidagi revansh janggi yaqin kelajakda o'tkaziladi.
Meyvezer shanba oqshomida Menni Pakyaoning amarikalik endilikda sobiq jahon chempioni Jessi Vargasga qarshi o'tkazgan jangini bevosita arenadan kuzatgandi.
“Menimcha, Menni Pakyao va Floyd Meyvezer o'rtasidagi revansh janggi o'tkaziladi. Boisi, bu jang har ikki bokschiga juda katta miqdorda pul keltiradi. Agar jang o'tkazilgan taqdirda, ishonchim komil, Menni unda g'alaba qozonadi”, - dedi Rouch.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer va Pakyao o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning may oyida o'tkazilgan va unda Floyd ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan edi. O'sha jang boks tarixidagi eng kassabop jang sifatida etirof etilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar