29 iyu 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Frempton endi chempionlik uchun davogar bo'la olmaydi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Karl Frempton (23-1, 14KO) ertaga o'z vanati SHimoiy Irlandiyaning Belfast shahrida navbatdagi jangini o'tkazadi.
Uning ertangi jangdagi raqibi meksikalik 24 yoshli Andres Guterres (35-1-1, 25KO) bo'ladi. Ertangi jang oldidan bugun bokschilani tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi.
Etiborlisi, Frempton belgilangan vaznni qayd eta olmadi. Boz ustiga 2 ortiqcha vazndan xalos bo'lish uchun belgilangan 2 soatlik muddatdan ham foydalanmadi.
Buning natijasida u chempionlik kamari uchun davogar bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Agar Frempton ertangi jangda g'alaba qozonsa, yarim engil vaznda WBC chempioni amerikalik 29 yoshli Gari Rassel (28-1, 17KO)ning kamariga davogarga aylanardi. Guterresda esa bu imkoniyat saqlanib qoldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar