06 sen 13:07
Yangiliklar
Futboldagi eng katta pul tikish mojarolari: "Kalchopoli"dan Starrij va Buffonning ahmoqligigacha
“Temiryo'lchilar” sardori Kaxi Maxaradze kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.
Holat yuzasidan tergov allaqachon boshlangan. Championat.asia voqealar rivojini kuzatib bormoqda, ammo hozircha jahon futboli tarixidagi shu kabi holatlarga nazar tashlaydi.
"Totonero" (1980)
Futbolga pul tikish va kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq birinchi shov-shuvli vaziyat bundan 50 yil oldin Italiyada sodir bo'lgan. Keyin A va B seriyalarida ko'plab o'yinchilar pul mukofotlari evaziga o'yinlarni kelishgan. Bu bir necha mavsum davom etgan. 1980 yilda Italiya policiyasi tekshiruv o'tkazadi va "Milan", "Lacio", "Napoli", "Bolonya", "Palermo", "Perudja" va boshqa bir qancha klublar vakillari kelishilgan o'yinlarni tashkil etishda ishtirok etganini aniqlaydi. Buning uchun "rossoneri" prezidenti Felise Kolombo futboldan bir umrga diskvalifikaciya qilindi. "Milan" B seriyaga yo'l oldi va turli jamoalarning 20 dan ortiq o'yinchisi diskvalifikaciya qilindi (3 oydan 6 yilgacha).
"Kalchopoli" (2006)
Oradan 20 yil o'tmay tarix takrorlandi. Bu safar “Yuventus”, “Milan”, “Fiorentina”, “Lacio” va “Rejina” mana shunday qing'irliklarga qo'l urgani aniqlanadi. Nafat o'yin holatlari kelishigan, hakamlarning poraxo'rligi ham sodir bo'lgan. Deylik, turin klubi juda katta yo'qotishga duch keldi. Klub ikkita chempionlikdan mahrum qilinadi, ikki etakchi - Lusiano Moggi va Antonio Jiraudo esa besh yilga futboldan chetlashtirildi. Keyinchalik Jiraudo besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bosh hakam Massimo de Santis 4,5 yilga diskvalifikaciyaga uchragan bo'lsa, Italiya futbol federaciyasi prezidenti va vice-prezidenti istefoga chiqdi.
Ivica Olich (2017)
CSKA va “Bavariya”da o'ynagan xorvatiyalik hujumchi 2017 yilda ham pul tikishda ayblanib, qo'lga tushgan. To'g'ri, Olich o'z jamoasining o'yinlariga pul tikmasdi. O'sha vaqtda u “Myunxen 1860”da to'p surardi. Biroq, ko'plab mamlakatlar professional sportchilarga, hatto boshqa jamoalarda ham pul tikishni taqiqlaydi. Natijada Ivica diskvalifikaciya qilinmadi, aksincha 20 ming evro miqdoridagi jarimaga tortildi.
Joy Barton (2016)
Britaniya futbolining asosiy bezorilaridan biri Joy Barton ko'plab shov-shuvli vaziyatlarga aralashib qolgan. Aytaylik, o'yinlarga pul tikish kabi holat uni chetlab o'tmagan. “Byornli” borasida so'z yuritilsa, Barton bir yarim yilna diskvalifikaciya qilinadi. Tergov malumotlariga ko'ra, 2006 yildan 2016 yilgacha Joy 1200 dan ortiq o'yinlarga pul tikgan! SHu bilan birga Barton "minus"da qoldi. Topganlarini ko'kka sovuradi. Futbolchining takidlashicha, u asosan o'yin-kulgi uchun pul tikgan. Keyinchalik Barton SHotlandiyada "Reynjers"da o'ynagan vaqtida ham pul tikishda ayblanib, qo'lga tushadi.
Daniel Starrij (2018)
Agar Daniel duch kelgan jarohatlar va boshqa ko'plab muammolar bo'lmaganida Starrijning faoliyati yanada muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin edi. Deylik, qaysidir jihatda "Liverpul"ning sobiq hujumchisi o'zini ayblashi kerak edi. Masalan, 2018 yilning yanvarida Starrij o'zining "Sevilya"ga o'tishiga pul tikadi. Futbolchi ayyorlik qilib, klublar o'rtasidagi muzokaralar tafsilotlari haqida malumot berib, qarindoshini ushbu vaziyatga aralashtiradi. Biroq kelishuv barbod bo'ladi va Starrij "Liverpul"da qoladi. SHundan so'ng u "Trabzonspor"ga o'tdi. Keyinchalik Angliya futbol associaciyasi bu garovdan xabar topgach, Daniel 150 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi.
Kiran Tripper (2021)
Yana bir ingliz futbolchisi ham shunday holatga duch keladi. Gap ayni vaqtda “Nyukasl”da to'p surayotgan Kiran Tripper haqida bormoqda. Yagona farq shundaki, futbolchi garov tikib pul ishlashga emas, balki do'stlariga buni qilishga undaydi. "Jorj, uka, info yuz foiz", deb yozgan Trippi o'z safdoshlariga "Atletiko"ga ko'chib o'tgan vaqtia. Kelishuv amalga oshdi, do'stlari mo'may pul ishlashdi. Kiranning o'zi 10 ta o'yin diskvalifikaciya va katta miqdorda jarimaga tortiladi.
"Tambov" (2021)
Malum sabablarga ko'ra, faoliyatini to'xtatgan “Tambov” o'yinlarni sotish mojarosiga duch keldi. Bir nechta jamoa o'yinchilari barvaqt mag'lubiyatni tan olgan o'yinlarda gumon qilingan, ammo faqat ikkitasi nomi madum bo'lgan. Bular - Dmitriy German va Aleksandr Erkin. Ular aybdor deb topilmaguncha. Ayni paytda German Belarusning "Volna" jamoasida, Erkin esa Rossiyaning "Sever" klubida to'p surmoqda.
SHuningdek, faoliyati davomida "Manchester Siti"da faoliyati bilan tanilgan Martin Demichelis, Pol Skoulz va hatto Janluiji Buffon ham pul tikishda ayblanib, ushlangan. Ammo yuqoridagi futbolchilar o'z jamoasining o'yinlariga pul tikishmagan.
Nikolay Egorichev
Fikrlar