27 mar 19:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"Fyuri 10 yildan keyin ham Uaylderni mag'lub etadi"
Taniqli menejer Frenk Uorren mijozi Tayson Fyuri hamda amerikalik sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder qarama-qarshiligi haqida fikr bildirdi.
Uorrenning aytishicha, Fyuri 10 yildan keyin Uaylder bilan jang qilsa, o'shanda ham raqibini mag'lub eta olar ekan.
"Trilogiya kuz oylarida bo'lishi kerak. Lekin Tayson har qanday holatda ham jang favoriti bo'ladi. U oxirgi jangidan ham kuchliroq bo'ladi. Agar ularning janglari 10 yildan keyin o'tkazilsa ham, unda Fyuri g'alaba qozonadi. Jang aniq 18 iyul kuni o'tkazilmaydi. Nevada shtati Atletik komissiyasi shunday qarorga kelgan. Rejaga ko'ra oktyabr oyida biz bu jangni tashkil qilamiz", - dedi Fyurining menejeri Uorren.
Havola :
Fikrlar