25 may 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshua bilan jangga nima halal berishi mumkinligini aytdi
Tayson Fyuri ayni paytda Entoni Joshua bilan jang haqida o'ylamayotganini aytdi.
"Hozir gapirgandan mano yo'q. Avvalo men Deontey Uaylder bilan uchrashishim kerak, Joshua esa Pulev bilan. Agar Entoni yutqazib qo'ysa, ushbu jangimiz amalga oshmaydi. Bu menga ham taaluqli. Agar Uaylder meni nokaut qiladigan bo'lsa, Joshuaga qarshi xech qanday jang bo'lmaydi.
Superog'ir vaznli bokschilar g'alaba cho'ntakda deb o'ylamasliklari lozim. Mag'lubiyat har birimizga halal beradi. SHuning uchun keling, eng avvalo birinchi jang, keyin esa ikkinchisi haqida o'ylaylik. Oldin shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishimiz kerak", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar