26 may 17:29
Yangiliklar
Boks/MMA

"Fyuri Joshuaga qarshi ikkita jangdan so'ng nafaqaga ketadi"
Promouter Eddi Xirn Tayson Fyurining diviziondagi barcha top bokschilar bilan jang qilish istagi borligi haqidagi gapiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Fyurining gaplarini juda jiddiy qabul qilmaslikka harakat qilaman. Bugun u Dillian Uaytga qarshi "brilliant" kamar uchun jang qilish istagi borligini aytadi, ertaga esa o'z gaplaridan tonadi.
O'ylaymanki, Fyuri Joshuaga qarshi ikkita jangni istaydi, keyin esa faoliyatini tugatadi. Uning nomidan gapira olmayman, lekin u ikki marotaba jahon chempionligi uchun jang qilgan va ularning har ikkisida g'alaba qozongan. U motivaciyani yo'qotib qo'ygan. U Entoni kabi g'alabaga chanqoq bo'lmaydi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar