26 iyu 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri: Joshuani faoliyatidagi eng yirik gonorar kutayotgan edi, lekin...
WBA, WBO, IBF, IBO yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Entoni Joshua Deontey Uaylder bilan jang uchun 80 million dollar olishi mumkin edi.
Bu haqida Tayson Fyuri aytib o'tdi.
"Uaylderga tan berish lozim - u doimo eng zo'rlarga qarshi jang qilishni istaydi. Men ringdan tashqarida bo'lganimda u ikki marta Joshua bilan uchrashishga harakat qildi. Uning jamoasi ikki jang uchun Entoniga 80 million dollar taklif qildi. Buni menga ishonchli odamlar aytishgan.
Ammo, Joshua ushbu taklifga rozi bo'lmagan. Uni faoliyatidagi eng yirik gonorar kutayotgandi, lekin u Uaylder bilan uchrashishni istamadi. Entoni buni rad etdi, chunki Deontey uni mag'lub eta olardi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar