30 may 11:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri Joshuani qanday qilib nokaut qilmoqchi ekanligi haqida gapirdi
Superog'ir vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Tayson Fyuri WBA, WBO, IBF kamarlari sohibi Entoni Joshuaga qarshi ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi.
"Joshuaning uslubi menga mos keladi. U vertikal ravishda turadi va klassik himoyani qo'llagan holda oldinga boradi. Uning zarbasi kuchli, lekin oyoqda kuchsiz ishlaydi. Joshua zarbalar o'tkazishni boshlasa o'zini yo'qotib qo'yadi.
"O'ylaymanki, Joshuani ikkinchi yoki uchinchi raundda nokautga uchrata olaman. Men unga huddi Endi Ruisdek tashlanaman. Joshuani qanday zarba bilan nokaut qilaman? Bu chap xuk zarbasi bo'ladi. Ko'rasiz, o'tkazib yuborilgan zarbadan so'ng Entoni yiqiladi", - dedi Fyuri.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar