01 apr 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri "qoida buzar" bokschi bilan jangga tayyorlanmoqda. U doping sabab boksdan chetlatilgandi
Boks bo'yicha og'ir vazn toifasida britaniyalik WBC chempion Tayson Fyuri amerikalik bokschi Jarrel Miller bilan vatandoshi Dillian Uaytga qarshi kamar himoyasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Bu haqida Daily Mail habar bermoqda.
Jarrel Miller 2018 yilda boksdan chetlatilgan. U 2019 yil iyun oyida Entoni Joshua bilan jang qilishi kerak edi. Biroq, doping-testdan o'ta olmagan va diskvalifikaciya qilingan. Bu Miller uchun birinchisi emas. U 2014 yilda ham doping-testdan o'ta olmagan. Ayni damda Miller diskvalifikaciya vaqti tugashi va ringga qaytishini kutmoqda.
Fyuri va Uayt o'rtasidagi chempionlik jangi 23 aprel kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. 2021 yilning oktyabr oyida Tayson Deontey Uaylder bilan jangda chempionlik kamarini himoya qilgan edi. Fyuri 11-raundda raqibini nokautga uchratdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar