31 okt 19:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri restlerga qarshi kechadigan bugungi jang haqida fikr bildirdi
Birozdan so'ng Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida restling bo'yicha kutilgan turnir boshlanadi.
Oqshomning markaziy jangi boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida mag'lubiyatsiz odimlayotgan, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri hamda mashhur restler Braun Stroumen o'rtasida bo'lib o'tadi. Fyuri vazni o'zinikidan 52 kg og'ir bo'lgan raqibga qarshi jang o'tkazadi.
"Jangga tayyorman. Mendan havotir olmang. Professional boksdagi rekordim - 30-0. Lekin shu kungacha Braun singari bahaybatlar bilan to'qnash kelmaganman. SHu sababdan ham bu men katta chaqiruv. U bekor men bilan o'ynashib qo'ydi. Endi buning uchun javob beradi", - dedi Fyuri bugungi jang oldidan.
Eslatib o'tamiz, WWE Crown Jewel turniri Ar-Riyod shahridagi Qirol Fahd nomli xalqaro stadionda o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar