11 iyu 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri sentyabr oyidayoq chempionlik jangida ringga chiqishi mumkin
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) 23 sentyabr kuni ringga ko'tarilishi mumkin.
Aynan shu kuni Angliyaning Manchester shahrida boks kechasi tashkil etiladi va unda Taysonning amakivachchasi Xyui Fyuri (20-0, 10 KO) WBO chempioni Jozef Parker (23 -0, 18 KO) bilan to'qnash keladi.
Tayson Fyurining murabbiyi, ham amakisi Piter Fyurining aytishicha, uning jiyani superog'ir vazndagi chempionlarning biri bilan jang qilishga tayyor.
“Tayson qaytishni va hammadan yaxshi ekanligini isbotlamoqchi. U albatta qaytadi va o'zini kuchli hisoblagan chempionlarni mag'lub etadi. Klichkoga qarshi kechgan jangda Tayson o'z imkoniyatini to'liq ko'rsatgani yo'q. U bundan ham kuchli jang qila oladi”, - dedi Piter Fyuri.
Havola :
Fikrlar