15 may 15:30
Yangiliklar

Fyuri: Uaylderga tovon puli to'lab o'tirmayman, yaxshisi yana bir marta uni do'pposlayman
"Rejamizda Uaylderga qarshi revansh bor. Keyin Joshuaga qarshi ikkita jang o'tkazilish mumkin. O'zi bittasi yaxshi, lekin mag'lub etganimdan so'ng u ham revansh istab qoladi. Uaylder bilan shartnomada revansh bandi bor. Bazi nashrlarda u 10 million dollar evaziga jang qilmaslikka rozi ekanligi aytilgan. Men unga chetga chiqishi uchun pul bermayman. Yaxshisi uni yana ringda do'pposlayman.
Unga xatto 2 million tovon puli ham bermayman. Yaxshisi uni yana kaltaklayman. Uchinchi marta ham uni amallayman. Umid qilamanki, jang 2020 yil oxirida o'tkaziladi. 2021 yilda esa ikki engilmas britaniyalik - men va Joshua o'rtasida boks tarixidagi eng yirik jang, barcha sovrinlar uchun bahs tashkil etiladi", - dedi Fyuri.
Fikrlar