07 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Fyuri yaqin orada ringga qaytadi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri Britaniya antidoping agentligi tomonidan qo'yilgan taqiqdan tezroq halos bo'lishga umid qilmoqda.
Bu haqida uning murabbiyi va amakisi Piter Fyuri aytib o'tdi.
"Taysonning tezroq qaytishiga umid qilyapmiz. Huquqshunoslarimiz bu ish bo'yicha shug'ullanmoqdalar. Bizga ruhsat tegishini kutyapmiz. U hozir yaxshi holatda. Zaolda shug'ullanmoqda va vaznini kamaytirmoqchi.
Uning sportdagi o'rni boshqacha. Yaqin orada u qaytadi", - deydi Fyuri.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar